Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qashqadaryo FVB xodimlari "Qarshi-Koʻkdala" yoʻnalishida YTHga uchragan yuk avtomobili haydovchisiga amaliy yordam ko'rsatdi

Bugun, 5-dekabr kuni soat 03:00 larda Koson tumanidan Samarqand viloyatiga qarab harakatlanib borayotgan "Zil-53" yuk avtomashina haydovchisi noqulay ob-havo taʼsirida boshqaruvni yoʻqotib yoʻl yoqasiga agʻdarilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar avtomobilga ortilgan mahsulotlarni va maxsus texnika yordamida yuk mashinasini olib chiqishda haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech