Joriy yilning 20-21-may kunlari Toshkent shahrida “Ashihara-karate” sport turi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada 700 nafardan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. Murosasiz kechgan jangda Qashqadaryo viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Ro‘zimurod Umbarov 70 kg vaznda kurash olib borib, 2-o‘rinni egalladi hamda jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.
O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Ro’zimurod Umbarovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.