FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Qashqadaryo viloyati FVB xodimlariga mukofotlar topshirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra sinovli davrda o‘zining mardonavor hatti-harakatlari, sadoqatli xizmati uchun, shuningdek, el-yurt tinchligiga beminnat hissasini qo‘shib kelayotgan xodimlariga “Mehr-sahovat” ko‘krak nishonlari topshirilmoqda.

Ayni maqsadda Qashqadaryoda tashkil etilgan tantanali tadbirda vazirlik rahbariyati tomonidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir qator xodimlari “Mehr-sahovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Quvonarlisi, 28 nafar ofitser va serjantlar mana shunday yuksak e'tirofga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, yana 11 nafar harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar topshirildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech