Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar va tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga start berildi

#online

Bugun, 10-avgust kunidan 12-avgust kuniga qadar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar va tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga start berildi.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Qashqadaryo viloyati hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech