FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

Qashqadaryo viloyatida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi

Joriy yilning 15 avgust kuni tahminan soat 00:25 larda Qarshi tumanidagi «Janubgaz» AJ ga qarashli avtogaraj hududidagi “Qarshi-Beshkent” avtomobil yo‘lining 6-7 km orasida “MAN” rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan “ZIL-130” rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz to‘ldirish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada, “ZIL-130” rusumli yuk avtomobil haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgan. Hozirda, jabrlangan fuqaro Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech