FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Qashqadaryo viloyatida profilaktika tadbirlari

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Qarshi shahri va viloyatning 9 ta tumanlarida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur profilaktika tadbirlari DSENM, IIB, Yong‘inga qarshi kurash jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilib, 27 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 6 ta tashkilot va idoralarni qamrab oldi. Unda, jami 2587 nafar ish bilan band bo‘lmagan aholi, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda ishchi-xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirlarda mutaxassislar tomonidan “Is gazidan zaharlanish”,  “Yong‘inlarning kelib chiqishini oldini olish”,  “Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish”, “Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda axborot berish tartibi”, “Ovqatdan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling”, “Quturish kasalligiga qarshi kurashish” va “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligidan ehtiyot bo‘ling” kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, jami 1466 dona sohaga oid eslatmalar tarqatildi.

 

FVV Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech