FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

Qashqadaryoda FVV xodimlari kichik kemada suzib yurgan odamlarga amaliy yordam ko‘rsatdilar

Qashqadaryoda FVV xodimlari kichik kemada suzib yurgan odamlarga amaliy yordam ko‘rsatdilar Hodisa kecha tunda Qarshi shahrida sodir bo‘lgan. 16 yo‘lovchidan iborat kichik kema (kater) ko‘lning sayozligi bois, uning o‘rtasida qolib ketgan. Ushbu holatdan chiqib ketish uchun bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, kema egasi Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhini yordamga chaqirgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kemani sohilga yetkazib, yo‘lovchilarni xavfsiz hududga evakuasiya qilishgan. Hodisadan jabrlanganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech