FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Qashqadaryoda targ‘ibot tadbirlari “Vatanparvarlar” bog‘ida o‘tkazildi

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari tomonidan yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar jadallashtiriladi. Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2019-2020 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 6 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirildi.

O‘tkazilgan tadbirlar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan ochiq maydonda davra suhbati”, ikkinchi qismda “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni batraraf etish uchun jalb qilinadigan kuch va vositalar namoyishi”, uchinchi qismda “Yosh yong‘in-qutqaruvchilarni bellashuvi” hamda to‘rtinchi qismda “Baland bino va inshootlarda shartli ravishda insonlarni qutqarish jarayoni” yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirga Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Qarshi davlat universitetlari o‘qituvchi va talabalari, shahar hududida joylashgan umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham alohida taklif etlidi.  

Tadbir avvalida soha vakillari “Vatanparvarlar” bog‘iga tashrif qilgan mehmonlarga kuz-qish mavsumida yoqilg‘i mahsulotlaridan oqilona va xavfsiz foydalanish, qo‘lbola elektr isitish pechlaridan foydalanmaslik hamda is gazidan zaharlanish holatlarni oldini olish borasida atroflicha tushunchalar berishdi.

Shuningdek, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Qarshi davlat universitetlaridan taklif etilgan talabalarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni bataraf etish uchun jalb qilinadigan zavonaviy maxsus texnikalar hamda ulardagi mavjud zarur asbob-anjomlar yaqindan tanishtirildi.

Mamlakatimizda sodir bo‘lgan yong‘inlarning 62,7 foizi aholi yashash turar joylarida qayd etilib, yong‘inlar qo‘shni xonadonlarga ham o‘tib ketayotganligini inobatga olgan holda soha vakillari tadbirga to‘plangan fuqarolarga yangi bino va inshootlarni qurishda me’yor talablariga asosan bunyod etish, yonma-yon bunyod etilayotgan xonadonlar o‘rtasida yong‘inga qarshi devor bilan ajratgan holda qurish nechog‘lik zarur ekanligini tushuntirib o‘tish bilan birga yonma-yon bunyod etilayotgan xonadonlar o‘rtasidagi yong‘in holati uy maketlari orqali ko‘rgazma sifatida namoyish etildi.

Qolaversa, tadbir davomida shartli yong‘in hosil qilinib, uni yong‘in-qutqaruvlar tomonidan o‘chirish jarayoni amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Tadbirni yanada qizg‘inroq, bahslarga boy tarzda o‘tkazish maqsadida umuta’lim maktab jamoalari o‘rtasida “Yosh yong‘in-qutqaruvchilar bellashuvi” tashkil etildi. Musobaqada Qarshi shahridagi 8-, 43- va 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ta’kidlash joizki, bu kabi targ‘ibot tadbirlarining o‘quvchi yoshlar bilan birgalikda tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, kelajak avlod vakillariga yong‘in hayot faoliyati xavfsizligi asoslarini targ‘ib qilish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, yong‘in va favqulodda vaziyatlarga qarshi targ‘ibotni hamda ularni oldini olishga va o‘quvchilarning favqulodda holatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim-ko‘nikmalari va mahoratini oshirishdan iboratdir.

Bellashuv yakuni bo‘yicha uchinchi o‘rinni 34-maktabning “Madadkor” jamoasi, ikkinchi o‘rinni 43-maktabning “Temurbeklar” jamoasi hamda faxrli birinchi o‘rinni 8-maktabning “Marguberdi” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi tomonidan bog‘da barpo etilgan alpinistlar tog‘ida shartli ravishda favqulodda holatlarda insonlarni qutqarish jarayoni tashkil etildi. Tashkil etilgan mazkur shartli qutqaruv jarayoni orqali yig‘ilganlarga sodir bo‘lgan favqulodda holatlarda inson hayotini qutqarish nechorg‘lik mashaqqatli va sharafli ekanligi namoyish etib berildi.

Tadbirlarda yig‘ilganlarga kuz-qish mavsumida uchrab turadigan ovqatdan va is gazidan zaharlanish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan va fuqarolarni bu borada hushyorlikka chorlovchi eslatma, buklet va boshqa shu kabi tarqatma materiallardan 500 nusхa tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech