FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vaziri Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Jeenbekovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 2017 yilning 14 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri K.Boronov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraevning taklifiga asosan Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdi.

K.Boronov Fuqaro muhofazasi institutiga tashrifi davomida vazirlik tuzilmalarining avariya-qutqaruv asbob-anjomlari, zilzilalar tarixi muzeyi, ekspozitsiya zali bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mehmon zilzila simulyatorining ishlashi bilan ham tanishdi.

Tashrif yakunida K.Boronov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatiga tashkil etilgan tadbir uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan vaqtdan buyon aholini va rahbarlar tarkibini fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar sohasida tayyorlash vazirlikning ustuvor vazifalaridan biri deb belgilangan. Shu maqsadda, Fuqaro muhofazasi instituti  tashkil etilgan.

Quyidagilar Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari etib belgilangan:

respublika aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida kompleks tadbirlarni tashkil etish va bajarish bo‘yicha FVDTning respublika va mahalliy boshqaruv organlari mutaxassislari va mansabdor shaxslarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash tizimini tashkil etish, rivojlantirish va ularga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish;

davlat standartlari, xalqaro tajribalar fan va ta’lim sohasidagi innovatsiya texnologiyalari an’analari talablarini hisobga olgan holda “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini, tarkibiy va hududiy bo‘linmalari qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilarini, FVDT tarkibiga kiruvchi boshqa vazirliklar va idoralarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek, mutaxassislari va rahbar kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlariga fuqarolarni hamda vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbar kadrlarini tayyorlash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv muassasalarining o‘quvchi yoshlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir obo‘lganda harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha faoliyatiga o‘quv-uslubiy rahbarlik qilish;

fuqaro muhofazasi muammolarini hal etishga, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar, konstruktorlik ishlanmalarini tashkil etish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish, tabiiy ofatlar, avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash, aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga safarbar etishga doir bilimlarni aholi o‘rtasida ommalashtirish.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech