FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Qirg‘iziston Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga koronavirus infeksiyasini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi.
“O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan ushbu beg‘araz ko‘makni tashkillashtirish va yetkazish tadbirlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatildi.
Mazkur yukda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test tizimlaridan tashkil topgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech