FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Samarqand viloyatining Tayloq, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon, Qoradaryo va Oqdaryo daryolarining qirg‘oqlari manzilli dastur asosida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Zarafshonloyiha” xususiy korxonasi mutaxassislari hamda mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida qirg‘oq mustahkamlash va o‘zanlarni tozalash ishlarini amalga oshirish orqali 500 tadan ortiq xo‘jaliklar, 1750 gektardan ortiq ekin maydonlari va fermer xo‘jaligi yerlari hamda 75 dan ortiq ijtimoiy ob'ektlar muhofaza qilinishiga erishiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech