Bugungi kunda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida soha xodimlari tomonidan jadal sur'atlarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha va qurilish obe'ktlarida o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarni o‘tkazdilar.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, soha xodimlari tomonidan fuqarolarga gaz va elektr jixozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.