Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qo‘l jangi bo‘yicha ochiq chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etgan mazkur bellashuvlar qizg‘in va yuqori darajada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Chempionatda mamlakat Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro baxslashdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Quvornarlisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazining ikki nafar harbiy xizmatchilari 65 hamda 75kg vazndagi bo‘lib o‘tgan bahsda faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 FVV Matbuot xizmati  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech