Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
16 sentyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 24-29 C issiq bo'ladi.

Qo‘l jangi bo‘yicha ochiq chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etgan mazkur bellashuvlar qizg‘in va yuqori darajada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Chempionatda mamlakat Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro baxslashdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Quvornarlisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazining ikki nafar harbiy xizmatchilari 65 hamda 75kg vazndagi bo‘lib o‘tgan bahsda faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 FVV Matbuot xizmati  

O'xshash yangiliklar

Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?

Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o`rnatayotganda, uni bemalol ko`chirish mumkunligiga va eshiklarni tosib qoymasligiga alohida etibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan oyinchoqlar bil…

Hamkorlikdagi tadbirlar natijasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aholini qarovsiz jonivorlar (itlar)dan jabrlanishini va quturish kasalligini oldini olish boyicha bir qator profilaktik …

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Kuz-qish mavsumida sodir bolishi mumkin bolgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi doirasida joylarda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkor…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech