Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 iyn kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37C issiq bo'ladi.

Qo‘l jangi bo‘yicha ochiq chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etgan mazkur bellashuvlar qizg‘in va yuqori darajada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Chempionatda mamlakat Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro baxslashdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Quvornarlisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazining ikki nafar harbiy xizmatchilari 65 hamda 75kg vazndagi bo‘lib o‘tgan bahsda faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 FVV Matbuot xizmati  

O'xshash yangiliklar

Chaqaloq qutqarildi*

Joriy yilning 27 iyun kuni soat 07:30 da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor 1050 raqamiga Buxoro shaharida yashovchi fuqaro G.J. tomonidan xonadonining temir eshigi qulflanib qo…

Ўзбекистон Республикаси Фуқаро муҳофазаси институти магистратурасига 2018/2019 ўқув йили учун қабул эълон қилади

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 3 июль кунидаги 2018/2019 ўқув йилида Ўзбекистон Республикаси Фуқаро муҳофазаси институти магистратурасига қабул тўғрисидаги 501-сонли Қарорига …

Ikki insonning hayoti saqlab qolindi

2018 yilning 8 iyul kuni tahminan soat 19.40 larda, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Ataev tomonidan Shovot kanalida …

Xalqaro tadbir

Joriy 1-7 iyul kunlari Vena shahrida (Avstriya) Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxasisslari katta togonlar boyicha Xalqaro komissiyaning 26 Kongresi va 86 plenar yigilishi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech