Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yog'ingarchilik kutiladi, faqat Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida yogingarchiliksiz. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat) tezlikgacha kuchayadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Qo‘l jangi bo‘yicha ochiq chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etgan mazkur bellashuvlar qizg‘in va yuqori darajada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Chempionatda mamlakat Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro baxslashdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Quvornarlisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazining ikki nafar harbiy xizmatchilari 65 hamda 75kg vazndagi bo‘lib o‘tgan bahsda faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 FVV Matbuot xizmati  

O'xshash yangiliklar

Haftalik bashorat

Joriy yilning 22-23 dekabrda va 24 dekabrga otar kechasi respublika hududlariga biroz nam havo massalari kirib keldi. Ozbekiston boyicha biroz yogingarchilik (yomgir, qor) boldi. Yogingarchilik miqdor…

OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda Harbiy vatanparvarlik oyligi otkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri…

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda Harbiy vatanparvarlik oyligi otkazilmoqda. Jumladan kuni kecha Qars…

Germaniya Yoshlarining Samarqandga tashrifi

2018 yilning 6-7 dekabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasi Federal texnik yordam agentligi Yoshlar uyushmasi THW-Jugendning 4 kishidan iborat delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech