FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Qo‘l jangi bo‘yicha o`tkazilgan musobaqada FVV Akademiyasi kursantlari g‘oliblar qatorida

Kuni kecha FVV Akademiyasi terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Ikki kun davomida o‘tkazilgan musobaqa qiziqarli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda har bir ishtirokchi g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini mardonavor tarzda namoyish etdilar.


Qayd etish joizki, ushbu musobaqada FVV Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Milliy Gvardiya Harbiy texnik instituti va DXX Akademiyasi kursantlari qatnashdilar.


Quvonarlisi, natijalariga ko‘ra FVV Akademiyasi terma jamoasi a'zosi 4 bosqich kursanti kursant Sh.Turdaliev 70 kg vazn toifasida fahrli ikkinchi o‘rinni, 80 kg vazn toifasida 3 bosqich kursanti I.Tolibov hamda 90 kg vazin toifasida esa 3 bosqich kursanti M.O‘tkirovlar faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech