Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston kubog” musobaqasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoasi erkaklar o‘rtasida fahrli 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 26-29 sentabr kunlari Andijon shahrida “Qo‘l jangi” bo‘yicha 22 ta vazirlik, qo‘mita va tashkilotlarning terma jamoalari ishtirokida “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 902 nafar sportchilar 9 ta vazn toifasida o‘zaro bellashdilar. Aytish joizki, tashkil etilgan mazkur tadbir ko‘tarinki kayfiyatda hamda keskin to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, 2-o‘rinni Davlat xavfsizligi xizmatining Burgut, 3-o‘rinni esa Davlat xavfsizligi xizmatining Chegara qo‘shinlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining terma jamoalari egalladilar. Quvonarlisi, vazirlik sha’nini munosib ximoya qilgan terma jamoamiz a’zolari 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech