Joriy yilning 24-noyabr kunidan 26-noyabr kuniga qadar Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlari hamkorligida Samarqand shahrida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashqining bir qismida, shahar hududida joylashgan donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalarining birida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat va yong‘inlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy tadbirlar bajarildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi
- Qo'shildi: 26.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 6632