Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23-mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'adi. Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat)tezlikda esib, momoqaldiroq vaqtida 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha kuchayisi mumkin. Harorat 13-18C iliq bo'ladi.

Qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari sarhisobi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan qo‘mondonlik shtab – o‘quv mashqlari 14 mart kuni yakunlandi. O‘quv mashqining asosiy maqsadi Siradaryo viloyati FVDT hududiy quyi tizimi kuch va vositalari, boshqaruv organlari, qidiruv-qutqaruv tuzilmalarining zilzila oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarligini tekshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘tkazilgan QShO‘Mda Sirdaryo viloyati hokimiyatlari, boshqaruv organlari hamda tegishli vazirlik, idoralar va xizmatlarning rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tasdiqlangan rejaga asosan QShO‘M qatnashchilari birinchi kuni boshqaruv organlari, FVDT xizmatlari, FM tuzilmalari rahbarlarini yig‘ish hamda aholini ogohlantirish, dala sharoitida harakatdagi boshqaruv punktini yoyish, shtab ishini tashkillashtirish, ma’lumot almashish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqishni bajardilar.

 O‘quv mashqining ikkinchi bosqichida esa shartli ravishda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish, jabrlangan va ko‘chirilgan aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda birlamchi hayotiy zarur vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkillashtirish, hududdagi ishdan chiqqan infrastruktura tizimini tiklash tadbirlari bajarildi.

QShO‘M doirasida Sirdaryo viloyatining tegishli tumanlarida aholi yashash punktlari va iqtisodiyot obyektlarini sel va suv toshqinlaridan muhofaza qilish maqsadida qirg‘oqlarni mustahkamlash tadbirlari ham bajarildi.

Uch kun mobaynida o‘tkazilgan o‘quv mashqi davomida dala sharoitida tashkil etilgan boshqaruv punktlaridagi FVDTning tegishli xizmatlari ma’lumotlar almashish, umumlashtirish, tahlil qilish va tegishli qarorlar ishlab chiqishni bajardilar.

QShO‘Mga FVDT xizmatlarining jami 2475 nafar xodimlari va 438 ta turli maxsus avtotexnikalari jalb etildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu kabi o‘quv mashqlarini o‘tkazish boshqaruv organlari FVDT xizmatlari, shuningdek, iqtisodiyot ob’ektlari fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarining sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘zaro hamkorlik qilish, fuqarolar va ularning mol-mulklarini muhofaza qilish, evakuatsiya va boshqa muhim tadbirlarni bajarishda bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish imkonini beradi.

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 14 mart kuni Ozbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida tadbir otkazildi. Mazkur tadbir Harbiy prokuratura bilan ha…

Tadbirkorlar diqqatiga!

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Kenes mahalla fuqarolar yigini hududidan oqib otuvchi Qizilsoy soyi ozanini tozalash jarayonida qum-shagal materiallarini qazib olish boyicha tayyorlangan loyih…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech