Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qo‘ng‘irot tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

“Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida shu kunlarda (20-22 noyabr) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida  qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

O‘quv mashqiga Favqulodda vaziyatlar davlat hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari, iqtisodiyot obektlari, ommaviy axborot vositalari jalb etildilar. 

O‘quv mashqining asosiy maqsadi, xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish etib belgilandi.    

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida favqulodda vaziyatlarda xabar berish, ular sodir bo‘lganda birlamchi vazifalarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga shayligi sinovdan o‘tkazildi.     

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 22 noyabrga  qadar davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech