Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

QONUN VА АDOLАT USTUVOR, JINOYATGА JАZO MUQАRRАR

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, shaxsiy tarkib tomonidan jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular ongida “Mening Аkademiyam jinoyatdan holi hudud” degan fikr bilan yashash g‘oyasini shakllantirish, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” tamoyilini hayotga tadbiq etish, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning jirkanch qiyofasi, uning mudhish oqibatlari, bunday jinoyatlarga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmat va din o‘rtasidagi munosabatlar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Sergeli tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Rustam Аbulxayrov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Jahongir Meliqo‘ziev, Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Аbdirasul Toshpo‘latov hamda akademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
       

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, ekstremizmga qarshi kurashishda maʼrifat va diniy bag‘rikenglik asosiy omil ekanligi, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat, diniy-axloqiy maʼrifatni yuksaltirish yo‘li bilan “Tafakkur uchun kurash”ga alohida ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladilar.
        

Tadbir yakunida taklif etilgan mehmonlarga tashkilotchilar tomonidan amaliy hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi. Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlarini qiziqtirgan savollariga maʼruzachilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech