O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Shu sababli bugun, 12-mart kuni soat 9:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.