Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qor yog‘ayotganligi tufayli Urgut tumani “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Bugun, 19-yanvar kuni soat 07:15 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi.

Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda “Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda viloyat FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech