FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani o‘rmonzorida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

2021 yil 27-noyabr kuni soat 17:30da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati o‘rmonzorida (“Amudaryo” daryosi ikkiga ajralgan va qayta qo‘shilgan joyi oralig‘idagi orolcha) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:10da yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan. (Tuman yong‘in-qutqaruv qismidan yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa taxminan 47 km. ni tashkil etadi). 28-noyabr kuni soat 05:15da yong‘in qurshab olinib, 08:04da o‘chirilgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyda qayta yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 1 ta bo‘linma va yordamchi texnikalar, 2 ta buldozer, 2 ta pogruzchik, 2 ta suv tashuvchi mashinalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBdan 50 nafar, O‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasidan 5 nafar, tuman Obodonlashtirish bo‘limidan 20 nafar, jami 95 nafar xodim jalb etilgan va ofatga qarshi kurashish uchun joyida qoldirilib, 3 guruhga bo‘lingan holda, kecha-kunduz navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.
Kutilmaganda yong‘in qoldiqlari qayta alanga olgan va 29-noyabr kuni soat 10.25lar atrofida o‘chirishga kirishilib, 30-noyabr kuni soat 03.30da o‘chirishga erishildi.
Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. “Nazarxan” ovul fuqarolar yig‘inidan yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa taxminan 8 km. ni tashkil etadi.
Hozirda keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda, voqea joyida hamkor vazirlik, idora va xizmatlar kuch-vositalari navbatchilik olib bormoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech