FVV ogohlantiradi:
7 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 35-40*S issiq bo'ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB: bolakay o‘z vaqtida qutqarildi

Joriy yilning 6 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB xodimi – podpolkovnik Radmir Chimbergenov Nukus markazidagi uyi yaqinida joylashgan Kattagar kanali bo‘ylab tungi sayoxatga chiqqan edi.
Ayni shu vaqtda Radmir yordam so‘rab chaqirayotgan bolaning qichqirig‘ini eshitdi. FVB xodimi atrofga nazar tashlar ekan, sakkiz yoshlar atrofidagi bola hamda bir erkakning suvda cho‘kayotganiga guvoh bo‘ldi.
Podpolkovnik Chimbergenov o‘ylab o‘tirmay, shu zahoti o‘zini suvga tashlab, birinchi navbatda bolakayni qutqardi.
Ming afsuski, bolakay bilan birga cho‘kayotgan odamni qutqarishning imkoni bo‘lmaydi.
Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, bir necha kishidan iborat guruh taqiqlangan joyda cho‘milgan.
Cho‘kib ketgan 35 yoshli erkakning esa mast holatda bo‘lganligi aniqlangan.
Bu kabi hodisalar barchamizdan yana bir karra ogoh va hushyor bo‘lishni talab etadi!

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech