FVV ogohlantiradi:
24 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan aholi bilan muloqot qilish maqsadida joylarga chiqqan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev tomonidan tasdiqlangan fuqarolar bilan uchrashish jadvaliga asosan 2017 yilning 12 dekabr kuni vazirning birinchi o‘rinbosari K.Aripov Namangan viloyatida, vazir o‘rinbosari S.Qudratov Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar bilan uchrashishdi.

Mazkur tadbirlar Namangan va Nukus shaharlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarida tashkil etilib, unda, favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining boshliqlari, shuningdek, tuman va shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.  

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mutasaddilarga qirg‘oq mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash, daryo va qirg‘oqlarni tozalash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolarni qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech