FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Qorda qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

     Noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

     FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi.

     Yo‘llar muzlash oqibatida  sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech