FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI JAMBUL OBLASTIDA AVTOHALOKATGA UCHRAGAN JABRLANGANLAR MUVOFAQIYATLI ONA YURTIGA QAYTDILAR

2018 yilning 15 may kuni Qozog‘iston Respublikasining Jambul oblasti, Merken rayonida yo‘l transport xodisasi sodir bo‘ldi, avtoxalokat natijasida uch nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari har hil darajada jarohatlandilar (Beshkek shahridan to‘ydan qaytishayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi oila). Jabrlanuvchilar Merkin tumani shifoxonasiga joylashtirilgan edi. 

Jabrlanuvchilarga Qozog‘istonlik mutaxasisslar tomonidan  malakaviy  tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ularning ahvoli yahshi tomonga o‘zgarib keyinchalik O‘zbekistonda davolinishni davom ettirish imkoniyati tug‘ildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbeksiton Respublikasi elchixonasi bilan hamkorligida joriy yilning 19 may kuni ushbu oila muvofaqiyatli ona yurtiga qaytdi.

Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar natijasida jabrlangan fuqarolar Toshkent viloyati “G‘isht ko‘prik” chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali olib kelindi va Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun yotqizildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech