FVV ogohlantiradi:
12 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 17-22*S iliq bo'ladi.

Qozog'iston Respublikasida sodir bo`lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo`lgan va jabrlanganlar mamlakatimizga olib kelindi

Eslatib o`tamizki, 2018 yil 12 avgust kuni Qozog'iston Respublikasining Turkiston viloyati hududida "Alma-Ata-Toshkent-Termiz" avtomagistralining 786 kilometrida ikkita avtomobil ("Daimer Chrysler 205d" mikroavtobusi va "GAZ-53") to'qnashib ketgan edi.

Hodisa natijasiga ko`ra, O'zbekiston Respublikasining bir fuqarosi halok bo'lib, 10 nafari esa, turli darajadagi tan jarohatlar bilan Turkiston viloyati Saryagash tuman kasalxonasiga yotqizilgandi.

13 avgust kuni soat 19:00da Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog'liqni saqlash vazirliklari hamkorligida jabrlanganlar va halok bo`lgan fuqaro O'zbekiston Respublikasi "Kaplanbek" chegara posti orqali mamlakatimiz hududiga olib kelindi va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko`rsatish ilmiy markaziga yotqizildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech