2018 yilning 25 iyun kuni soat 22:15da Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 09:30larda Turkiston oblasti, Tolebi rayonidan o‘tuvchi “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 733 km da “Mazda-626” rusumli d/r KZ 469 BMB 13 va mikroavtobus “Ssang Yong Istana” d/r KZ 506 SLA 13 avtomobil vositalarining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafari turli darajada tan jarohati olib, Chimkent shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqaroning jasadi Chimkent shahar kasalxonasiga saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 71) 147-10-50.
O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.