FVV ogohlantiradi:
17 noyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari vakillaridan iborat delegatsiyalar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari Favqulodda vaziyatlar sohasidagi hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida 2018 yilning 25 iyun kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari vakillaridan iborat delegatsiyalar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotining ochilish marosimi o‘tkazilib, avariya-qutqaruv texnika hamda vositalari ko‘rgazmasi, zilzilani simulyatsiya qilish markaziga ekskursiya tashkil etiladi. Kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va qadimiy obidalariga sayohat o‘tkaziladi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida “Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” hamda “Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzularida o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti joriy yilning 27-30 iyun  kunlariga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida “Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilish tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech