FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmayidi, joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharq'dan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 2-7C iliq' bo'ladi.

Qozog‘istonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovushi kuzatilmoqda

Tashqi ishlar vazirligining bergan ma’lumotiga ko`ra Qozog‘istonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovushi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini mazkur mamlakatning shimoliy hududlarida harakatlanish uchun transport vositalaridan foydalanishda ayniqsa, Rossiyaga o‘tayotganlarida duch kelishi mumkin bo`lgan xavflarni hisobga olishlari zarurligini bildiradi. Bundan tashqari, qattiq sovuq tushganligi munosabati bilan respublika ahamiyatidagi “Astana-Petropavlovsk” trassasi avtotransportlar uchun yopilganligi bois mahalliy aholiga esa safarlarga chiqmaslik tavsiya qilinadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech