FVV ogohlantiradi:
28-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan, ba'zi joylarda 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, shimolda 0-3*S sovuq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bo`yicha matbuot anjumani o`tkazildi

Ma’lumki, kunlar isishi bilan boshqa hashoratlar kabi kanalarning ham uyg‘onishi va faollashishi kuzatiladi. O‘zbekiston hududida kanlarning ko‘plab turi mavjud bo‘lib, ular ichida inson hayoti uchun xavfli
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchisi bo‘lgan iksod kanalaridir. Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki 20% iksod kanalar Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo‘zg‘atuvchi virusini tashuvchisi hisoblanishadi.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi:  o‘ta xavfli, asosan gemokontakt yo‘l bilan yuqadigan yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.

Bu kasallik – odamlarga mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi. Iksod kanalarining hazm qilish yo‘llarida  kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslar bo‘ladi va kana odamni chaqqanda, ochiq yarasi orqali qoniga tushadi.

Virus ajratgan moddalar natijasida odam qoni ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik o‘z vaqtida diagnostika qilinmasdan, simtomatik hamda spetsifik tibbiy yordam ko‘rsatilmagan taqdirga og‘ir kechadi shuningdek, bemor uchun noxush tugashi mumkin (30-40% bemorlar qon ketishi oqibatida halok bo‘lishadi).

Fuqarolarmizda ushbu kasallik bo‘yicha keng tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish zarur, chunki kanani qo‘lda terish, o‘ldirish mumkin emasligini bilmasliklarini jabrlanuvchi bemorlarni so‘rash paytida aniqlangan.

Bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerak, iksod kanalari tabiatning bir bo‘lagi va uni butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q, bundan tashqari bu kanalar nihoyatda chidamli bo‘lib molxona devori tirqishida o‘n yilgacha och uxlashi isbotlangan.

Kasallikka qarshi kurashning muhim chora-tadbirlari uning manbasini aniqlashga, o‘z vaqtida zararsizlantirishga va kasallik yuqtiruvchi yo‘l hamda omillarni bartaraf etilishiga  qaratiladi.

Qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning  ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Hayvon boqiladigan molxona, qo‘ra va qo‘tonlarning tuproqlari, loy qilingan devorlar  kana ko‘payishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.

Kasallikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning eng muximi odamlarni kanalar chaqishini oldini olishdir. Kanalarni yo‘q qilish uchun uy xayvonlari terisi yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar bilan maxsus ishlovdan o‘tkazilishi lozim.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari va bemorlarni parvarish qiladigan xodimlar hamda bemorlar yaqinlarini kasallanishiga yo‘l qo‘ymaslik katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ular doka niqob, rezina qo‘lqop va teri himoya kiyimlarida (xalat, kastyum va b.q.) bo‘lishlari kerak.

Kasallik profilaktikasi bo‘yicha mavsumiy olib boriladigan tadbirlar:

Ushbu sohada Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash, veterinariya, ichki ishlar va boshqa tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Jumladan:

  1. Molxona, qo‘ra va qo‘tonlarni mavsum oldidan kimyoviy ishlovdan o‘tkazish, kimyoviy moddalar zahirasini yaratish, “qirqim”ga tayyorgarlik ko‘rish, “qirqim”da ishtirok etadigan ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ishlarining borishini o‘rganib chiqish;
  2. Barcha turdagi o‘quv muassasalar: maktab va litseylarda suhbatlar, seminarlar va ma’ruzalar tashkil qilindi, ushbu o‘quvchi-talabalar va o‘qituvchilarni qamrab olish;
  3. Mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar uchun uyma-uy yurish usulida targ‘ibot ishlari olib borildi va eslatmalar tarqatish;
  4. Bundan tashqari, Fuqaro muhofazasi institutining rahbar xodimlar tarkibidan iborat tinglovchilari va hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining tinglovchilari bilan ham o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar jumladan Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  5. Televideniyada ko‘rsatuv va videoroliklar namoyish qilinadi, radioda radioeshittirish va radioroliklar eshittiriladi, gazeta va jurnallarda maqolalar chop etiladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, chorva mol bozorlarida radiouzel orqali kasallik profilaktikasi va chorva mollarini kanadan saqlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘qib eshittirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
  6. Joylarda o‘tkaziladigan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha o‘quv nuqtalari tashkil etilib, xizmatlarning hamkorlikda harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratiladi. Ushbu Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida ko‘plab fuqarolar va texnikalar ishtirok etdi. Bundan tashqari ushbu mavzuda Maxsus-taktik o‘quv mashqlari ham o‘tkazib kelinmoqda.

Qrim-Kongo gemorragik isitma va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kurashish nafaqat tegishli xizmatlarning ishi bo‘libgina qolmasdan, balki keng jamoatchilik, qolaversa har bir fuqaroning ham ishidir. SHunday bo‘lgan taqdirdagina biz ko‘zlagan maqsadimizga, ya’ni fuqarolarimizni o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishga erishishimiz mumkin.

 

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech