FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Qurg‘oqchilikdan erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish: imkoniyatlar, yetishtiriladigan mahsulotlar va keyingi rivojlanishning istiqbollari

2017 yilning 31 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Moslashuv jamg‘armasining “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasi ko‘magida Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan “Qurg‘oqchilikdan erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish: imkoniyatlar, yetishtiriladigan mahsulotlar va keyingi rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, suv kamligi va qurg‘oqchilik kabi iqlimga bog‘liq xavfli hodisalaridan erta ogohlantirish tizimi – iqlimga moslashish choralarini rejalashtirishda kuchli vosita hisoblanadi. Mazkur tizimlarning asosiy manbalari moslashish choralarini rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirish uchun qaror qabul qilishda indikativ hisoblanuvchi tabiiy ob’ektlarning oldindan tayyorlangan sifat va miqdoriy baholaridir. Qurg‘oqchilikdan erta ogohlantirish tizimining ob’ektlari bu – daryo havzalari va ularda shakllanib hamda foydalaniladigan suv resurslaridir.

Ishlab chiqilgan kompleks yondashuv O‘zgidrometning suv resurslari prognozlari va baholaridan manfaatdor bo‘lgan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ta’minlash, shuningdek suv kamligi va qurg‘oqchilik to‘g‘risida ogohlantirish maqsadida gidrologik hisoblar va prognozlar bilan shug‘ullanuvchi tezkor bo‘linmasining amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Taklif etilayotgan suv ob’ektlari holatini miqdoriy va sifat jihatidan baholashga imkon beruvchi va zarur choralar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun suv kamligi va qurg‘oqchilik to‘g‘risida ogohlantiruvchi mazkur kompleks yondashuv iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha milliy tarmoq rejalarini tatbiq etish va amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Iqlimiy xavflardan qochib bo‘lmaydi, lekin ularning xavfli asoratlarini kamaytirish – o‘z yechimini talab qiluvchi masaladir.

Seminar ishida loyihani amalga oshirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Qo‘mitasi, Milliy universitet, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent Irrigatsiya instituti, Agrar universitet hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilariga qurg‘oqchilikning erta ogohlantirilishi, mavjud tizim oqimining tarqalishi va jadal atnropogen ta’sir zonasi bo‘lgan Amudaryoning quyi oqimi sharoitlari uchun rivojlantirish vazifasi va suv tanqisligini bartaraf etish uchun qaratilgan harakatlar va chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

 

FVV huzuridagi Gidrometeorologiya

xizmati markazining Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech