O‘zbekiston Respublikasi FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani “Yangiobod” QFY hududida qurilish ishlari olib borilayotgan “Akfa universiteti”da obyektning buyurtmachi, bosh pudratchi va loyihalash tashkilotlarining mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida 3000 nafar talabani o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan mazkur Universitetni qurilish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish, obyektning loyihasida hamda normativ hujjatlarda belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni qurilish-montaj ishlari davrida to‘liq va sifatli bajarilishini ta'minlash borasida loyihachi va bosh pudratchi tashkilot mutaxassislarga taklif va tavsiyalar berildi.