Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qutqarish bu – muqaddas burch: Farg‘ona viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari maktab o‘quvchilari uchun seminar o‘tkazdilar

 Joriy yilning mart oyida mamlakatimiz bo‘ylab "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining ilk bosqichlariga strat beriladi. Shunday bo‘lsada, ushbu  nufuzli tadbirga allaqachon tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.  

Jumladan, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi 1-umumta'lim maktabida mazkur tadbirlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning viloyat boshqarmasi mutaxassislari o‘quvchilarga musobaqa shartlari va tayyorgarlik jarayonida qaysi bandlarga e'tibor qaratish lozimligi haqida so‘zlab berishdi. Tadbirning ikkinchi qismida amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Mashg‘ulotlar doirasida bolalar bo‘lajak musobaqalarning ayrim yo‘nalishlarini ishlab chiqdilar. Bularga jangovar tarqalish, jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatish, belgilangan masofaga yugurish, chodir yig‘ish va boshqa harakatlarni misol qilish mumkin. Xodimlarning fikriga ko‘ra, maktab o‘quvchilari amaliy jarayonlarga to‘liq singib ketdilar. Bundan bolalarni qutqaruvchilik kasbiga jiddiy jalb qilinganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech