Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qutqaruv ishi hayratlari: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Prezident maktabida seminar o‘tkazildi

Tadbir bir necha qismdan iborat bo‘ldi. Dastlab FVVning Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarning turlari va bunday vaziyatlar jabrdiydasiga aylanmaslik haqida hikoya qilindi. Seminarning navbatdagi qismida boshqarma xodimlari tomonidan bolalarga Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikalari va qutqaruv asbob-anjomlari turlari ko‘rsatib berildi. Maktab hovlisida tashkil etilgan ekspozisiya ta'lim muassasasi o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi. Ularning aksariyati o‘z kelajak taqdirlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi saflarida xizmat qilish bilan bog‘lashni niyat qilib qolishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech