Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qutqaruv kuch-vositalari shayligi tekshirildi

Har qanday ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida ro‘y berishi mumkin favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda ishchi-xizmatchilar xavfsizligini ta'minlashda soha vakillari tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan o‘quv amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos. 

Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida joylashgan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da o‘quv amaliy taktik mashqi bo‘lib o‘tdi.

 Unda 15 ta katta va murakkab yong‘inlarni o‘chirish tayanch maskani maxsus texnikalari hamda 60 nafarga yaqin qutqaruvchilar ishtirok etishdi.

Mashq rejasiga asosan, qutqaruvchilar tomonidan maskanda sodir bo‘lgan shartli halokatni bartaraf etish va ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi. 

Albatta, bu kabi sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda mas'ullardan qo‘shimcha kuch-vositalar jalb etib, qisqa vaqt ichida sodir bo‘lgan halokat oqibatlarini bartaraf etish talab etiladi.

Maqsad, o‘ziga hos yong‘inlarni o‘chirishda garnizonda mavjud I-II-darajali tayanch maskanlari hisobidagi yong‘in o‘chirish avtomobillari va shaxsiy tarkibni jangovar shayligini tekshirish, shuningdek, joylardagi favqulodda vaziyatlar bo‘lim (bo‘linma) boshliqlarini yong‘in va boshqa nohushlikda ularning oqibatlarini bartaraf etishda rahbarlik qilishi hamda jalb etiladigan kuch-vositalarini boshqarishni tashkil etishdagi amaliy bilim va ko‘nikmasini oshirishdan iborat.

Mashq yakunida, kuzatuvchilar tomonidan ro‘y bergan shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech