Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19-mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'adi, momoqaldiroq bo'lishi mumkin. Faqat Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20C iliq bo'ladi.

Qutqaruvchilar 9-yoshli bolani ko’prik konstruksiyasidan olib tushishdi

Joriy yilning 8 mart kuni soat 17:25da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qutqaruv xizmatiga Baliqchi tumani “Afsona” MFY da yashovchi fuqaro U.Saydaxmedova qo’ng’iroq qilib yordam so’radi. Ma’lum bo’lishicha 9 yoshli o’g’li U.Ismonov ko’prikda o’rtoqlari bilan o’ynayotib, bir o’zi ko’prik konstruksiyasining baland joyigacha chiqib olgan va u yerdan tusha olmay qolib ketgan.   

Ma’lumot olingach, navbatchi smena qutqaruvchilari M.Zuhriddinov, B.Yo’ldashev va A.Umarov zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar. Qutqaruvchlar birinchi navbatda qo’rqib ketgan bolani tinchlantirib, unga ruhiy dalada berishdi. So’ngra, mohironalik bilan ko’prik konstruksiyasidan bolani olib tushishdi va unga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishdi. 

Hozirgi vaqtda bola o’z uyida bo’lib, uning sog’ligi qoniqarli deb baholanmoqda.

Bolaning ota-onalasi o’z vaqtida ko’rsatilgan yordam uchun qutqaruvchilarga katta minnatdorlik bildirishdi.

O'xshash yangiliklar

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 14 mart kuni Ozbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid mavzusida tadbir otkazildi. Mazkur tadbir Harbiy prokuratura bilan ha…

Tadbirkorlar diqqatiga!

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Kenes mahalla fuqarolar yigini hududidan oqib otuvchi Qizilsoy soyi ozanini tozalash jarayonida qum-shagal materiallarini qazib olish boyicha tayyorlangan loyih…

FVV tizimida yangi tayinlovlar

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida bir qator harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlandilar. polkovnikMuxitdinov Muxtor Yashnarovich Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech