Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

QUTQARUVCHILAR BILAN QIZG‘IN SUHBAT

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 15 dekabrdan 15 yanvarga qadar joylarda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” g‘oyasi ostida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilmoqda. 

Bunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu gal markazga “OLTIN QALQON” nodavlat ta’lim muassasi, harbiy kichik sport akademiyasi tasarrufidagi
48-sonli va 232-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurdi.

– Avvaliga biz harbiy xizmatchilarni maktabimizga taklif etdik, – deydi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktab Chaqiriruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi zahiradagi podpolkovnik G‘ayratjon Nuriev. – Ular o‘quvchilar bilan uchrashib, milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi va bizni ham o‘zlari xizmat qilayotgan markazga taklif etdi. 
Tadbir davomida qutqaruvchilar va harbiy xizmatchilar zamonaviy qurollar va texnika imkoniyatlarini namoyish etdilar.

– Yoshlarimiz juda qiziquvchan, – deydi Qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi serjant B. Sharipov. – Ular sohaga oid ko‘plab savollar berdi, armiya hayotiga chinakam qiziqishlarini ko‘rsatdi.

– Yigitlar qutqaruvchi bo‘lish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi bilan qiziqdi, – deydi u.

Bir so‘z bilan aytganda, “Ochiq eshiklar kuni” mazmunli o‘tdi. 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech