Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacha kuchayadi. Harorat 38-41C issiq, shimol va janubiy hududida 42-43C issiq bo'ladi.

QUTQARUVCHILAR BILAN QIZG‘IN SUHBAT

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 15 dekabrdan 15 yanvarga qadar joylarda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” g‘oyasi ostida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilmoqda. 

Bunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu gal markazga “OLTIN QALQON” nodavlat ta’lim muassasi, harbiy kichik sport akademiyasi tasarrufidagi
48-sonli va 232-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurdi.

– Avvaliga biz harbiy xizmatchilarni maktabimizga taklif etdik, – deydi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktab Chaqiriruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi zahiradagi podpolkovnik G‘ayratjon Nuriev. – Ular o‘quvchilar bilan uchrashib, milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi va bizni ham o‘zlari xizmat qilayotgan markazga taklif etdi. 
Tadbir davomida qutqaruvchilar va harbiy xizmatchilar zamonaviy qurollar va texnika imkoniyatlarini namoyish etdilar.

– Yoshlarimiz juda qiziquvchan, – deydi Qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi serjant B. Sharipov. – Ular sohaga oid ko‘plab savollar berdi, armiya hayotiga chinakam qiziqishlarini ko‘rsatdi.

– Yigitlar qutqaruvchi bo‘lish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi bilan qiziqdi, – deydi u.

Bir so‘z bilan aytganda, “Ochiq eshiklar kuni” mazmunli o‘tdi. 

 

 

O'xshash yangiliklar

MUSOBAQALAR KO`TARINKI RUHDA O‘TDI

2018yil 11-22 sentyabr kunjari Qozog'iston Respublikasi Astana shahrida bo`lib o`tgan Kazspas 2018 xalqaro musobaqaсиda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ham ishtirok …

Maxsus xabarnoma

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan malumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 na…

Davra suhbati o‘tkazildi

2018 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi Poytaxt biznes-markazida Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan Rivojlanish strategiyasi markazi koma…

Muzeyga sayohat

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari Navoiy viloyati davlat tarixi va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog'ida harbiylar muzey bo'limlari va tarixiy eksponatlar b…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech