Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qutqaruvchilar liftda qolib ketgan fuqarolarni qutqarishdi

2018 yilning 5 yanvar kuni soat 05:06 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Sergeli tumani Uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi raisi L.N.Yugay qo‘ng‘iroq qilib texnik nosozliklar tufayli Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolganligi, lift ichida esa besh nafar kishi qolib ketganligi va yordamga muhtojligini ma’lum qiladi.

Ushbu xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, 3 va 4-qavatlar orasida to‘xtab qolgan lift ichidan fuqarolarni chiqarib oldilar. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordamlari natijasida hech kim jabrlanmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech