Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qutqaruvchilar liftda qolib ketgan fuqaroni qutqarishdi

2017 yilning 1 dekabr kuni soat 16:45 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.X. qo‘ng‘iroq qilib elektr ta’minotidagi uzilish tufayli ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolganligi, lift ichida esa bir kishi qamalib qolib yordam so‘rayotganligini ma’lum qiladi.

Ushbu xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, lift ichida qolgan fuqaroni chiqarib oldilar. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordamlari natijasida hech kim jabrlanmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech