FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

QUTQARUVCHILAR RUHIY TAYYORGARLIKDAN O‘TKAZILDI

Joriy yilning 17 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tasarrufidagi yong‘in-qutqaruv qismi xodimlarini balandlikda va noqulay sharoitlarda ishlashga o‘rgatish, ruhiy tayyorgarligini oshirish hamda bu borada ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, Ko‘kdumaloq neft va gaz konlari majmuasi hududida ruhiy tayyorgarlik yo‘lagi bo‘ylab shartli olov ta’sirida amaliy taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashug‘ulot oldidan qutqaruvchilarga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha mashg‘ulot rahbari tomonidan yo‘riqnomadan o‘tkazildi va belgilangan vazifaga kirishildi. O‘quv mashg‘ulotida ishtirok etgan 17 nafar qutqaruvchilar guruh-guruhlarga bo‘linib o‘nta bosqichdan iborat ruhiy tayyorgarlik yo‘lagini 2 daqiqada bosib, xavfsiz hududga chiqishdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, qutqaruvchilarning “Yer osti tunneli”, “Silkinadigan va olovli ko‘prik”lar va boshqa suniy to‘siqlardan tezkorlik bilan mohirona o‘tish borasida ko‘nikmasi hamda jangovarligini shakllantirishdan iborat.

Tadbir so‘ngida, qutqaruvchilar harakatini kuzatib borgan mashg‘ulot rahbari va ob’ekt texnika xavfsizligi komissiyasi a’zolari o‘rtasida o‘quv mashg‘ulotida yo‘l qo‘yilgan hato va kamchiliklar muhokama qilindi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech