FVV ogohlantiradi:
3 mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab yomg'ir, qor yog'adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5*S iliq, kunduzi 10-15*S iliq bo'ladi.

Qutqaruvchilarimiz – peshqadamlar qatorida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan joriy yilning 22 fevral kuni Navoiy viloyatida hukukni muhofaza qilish organlari o‘rtasida "Vatanni mardlar qo‘riqlaydi" shiori ostida 15 ta terma jamoalar o‘rtasida ko‘pkurash musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, o‘z mahoratlarini amalda yana bir bor namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra terma jamoa a'zolari musoboqaning shved estafetasi, 100 metrga yugurush hamda uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha 2-o‘rinni egalladilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech