Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19 iyul kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 38-43 С, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-45 С gacha issiq bo‘ladi.

Qutqaruvchilarning respublika ko‘pkurash musobaqasi davom etmoqda

2017 yilning 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qutqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy ko‘pkurash musobaqalariga start berildi.

Musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari qutqaruv otryadlari qutqaruvchilari “O‘zneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati,  “Sanoatkongeotexnazorat” davlat inspeksiyasi va IIV YOXBB ning qutqaruv tuzilmalarining tajribali qutqaruvchilari o‘zaro bellashamoqdalar.

Ayni vaqtda musobaqalar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining “Chimyon” va “Chorvoq” dam olish maskanlari hududida o‘tkazilmoqda.

Mazkur bahslarda vazirlik tizimidagi qutqaruv otryadlari qutqaruvchilari tog‘da qutqaruv, g‘avvoslik, kimyoviy zaharlangan hududlarda qutqaruv, tibbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Ishtirokchilarning bilim-malakasini baholashda hakamlar hay’ati tomonidan amaliy harakatlarni belgilangan muddatlarda aniq va sifatli, shaffof tarzda bajarilishi, shuningdek, jamoa a’zolarining o‘zaro samarali ishlash qobiliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Musobaqa jarayonlarini saytimizda kuzatib borishda davom eting.

 








O'xshash yangiliklar

Idoralararo kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

2018 yil 18 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy is…

O‘z vaqtida qutqarilgan qizcha

Joriy yilning 15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Todakol suv havzasining chomilish uchun moljallangan qismida, 2010 yilda tugilgan A.Z ismli qizcha ota-onasi bilan chomilishga keladi. Shu…

E’lon

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida, Jamoatchilik kengashi tarkibiga nomzodlar korib chiqilayotganligi sababli, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ko`p yillar davomi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech