Kecha, 23-may kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev FVV Akademiyasiga tashrif buyurib, general-polkovnik K.Berdiyev ishtirokida u yerdagi faoliyat, harbiy xizmatchi va kursantlarga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida polkovnik X.Alibayev tomonidan Akademiya bitiruvchi kursantlari bilan “Ochiq muloqot” hamda yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, yoshlarga tegishli taklif va tavsiyalar berib o‘tildi.