FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Respublikamizda «Xavfsiz daryo» Davlat unitar korxonasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 iyuldagi  “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3841-son Qarori  qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida daryolar o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish bo‘yicha buyurtmachi sifatida “Xavfsiz daryo” Davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

“Xavfsiz daryo” DUKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular asosida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda joylarga chiqqan holda daryolar o‘zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni o‘rganish;

daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallari to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxatini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech