FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining delegatsiyasi yurtimizda mehmon bo`lmoqda

Bugun 14 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo'yicha butun Rossiya tadqiqot instituti" federal byudjet tashkilotining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Maskur tashrif O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Jahon bankining "O'zbekistondagi ofatlarni oldini olish" qo`shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Tashrif davomida mehmonlar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, va Respublika sog'liqni saqlash vazirliklarining navbatchi dispetcherlik xizmatlari bilan tanishib, ular bilan tajriba almashishadi.

Tashrif 17 avgust kuniga qadar davom etadi.

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech